Jamiyat

Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etiladi

CC BY 2.0 / Luci Correia / AudiovisualMikrofon dlya vыstupleniy
Mikrofon dlya vыstupleniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Milliy estrada yoʻnalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish Institutning asosiy vazifalaridan biri.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.
Institutning asosiy vazifalari:
milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;
milliy estrada yoʻnalishida oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish;
atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur oʻrganish;
milliy estradani yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
milliy estrada yoʻnalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish shular jumlasidan.
Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanib, taʼlim davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi taʼlim yoʻnalishi (bastakorlik sanʼati, sanʼatshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa sanʼati) ochiladi.
Institut bitiruvchilariga oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala