Jamiyat

“Oʻzbekgidroenergo” “Fitch Ratings” reytingida yuqoriladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishReytingovoye agentstvo Fitch Ratings
Reytingovoye agentstvo Fitch Ratings - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Kompaniya respublikada ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan boʻlib “Fitch Ratings”ning “BB-” darajasini qoʻlga kiritgan.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. “Oʻzbekgidroenergo” AJ jahonda yetakchi “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2020 yilda Jamiyat reytingi B+ (barqaror) boʻlgan boʻlsa, 2021 yilda Jamiyat reytingi BB- (barqaror) darajasiga koʻtarilgan.
“Fitch Ratings” “Oʻzbekgidroenergo”ning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy holatini, balki uning korporativ boshqaruv tizimini, biznes strategiyasini, ichki normativ hujjatlarining yuritilishi va boshqa yoʻnalishlarni chuqur oʻrganib, tahlil qilgan.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ respublikada ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan boʻlib “Fitch Ratings” xalqaro kredit reytingining “BB-” darajasini qoʻlga kiritdi”, - deyilgan xabarda.
Golovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda suv omborlari toʻgʻonlari endi yiliga ikki marta tekshiruvdan oʻtkaziladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala