Hodisalar

Samarqanddagi bogʻchadan goʻsht oʻgʻirlanishi yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishMyaso
Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Paxtachi tumanidagi bogʻchadan goʻsht oʻgʻirlanishi ortidan bosh oshpaz va mudira ishdan boʻshatildi.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bogʻchada goʻsht oʻgʻirlagani tasvirlangan video tarqaldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Vazirlik xabariga koʻra, tumandagi Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli bogʻcha bosh oshpazi Oʻ.A. pishirilgan 4,7 kilogramm goʻshtni olib avval kirxonaga yashirib qoʻygan. Soʻng uni bogʻchaning xoʻjalik mudirasi M.E.ga bergan.
Xoʻjalik mudirasi M.E. 4,7 kg pishirilgan goʻshtni bogʻcha hovlisidan olib chiqib ketayotganda uni shu bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlaydigan N.N. va M.U. toʻxtatib qolishgan. Ular bu holatni videoga olishgan.
Spetsializirovannыe detskiye sadы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishlamaydigan bogʻcha opalarga 2,4 milliard soʻm maosh yozilgani fosh qilindi
Bosh oshpaz va xoʻjalik mudirasi bilan suhbat oʻtkazilganda ular 28-bogʻcha direktori SH.U.ning topshirigʻi va koʻrsatmasiga anchadan buyon goʻsht oʻgʻirlashlarini aytishgan. Ular video va audio yozuvlardagi gaplar toʻgʻri ekanini oʻz tushuntirish xatlarida tasdiqlashgan.
Hozir bosh oshpaz Oʻ.A. va xoʻjalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra, 28-sonli bogʻcha mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala