Siyosat

Termizdagi muzokaralar: Oʻzbekiston va Afgʻoniston nimalarga kelishib oldi

© Press-slujba MIVT RUzV Termeze sostoyalas vstrecha delegatsiy Uzbekistana i Afganistana.
V Termeze sostoyalas vstrecha delegatsiy Uzbekistana i Afganistana. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Tomonlar taʼlim va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish borasida ham fikr almashishdi.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. 16 oktyabr kuni Termiz shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Afgʻoniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida turli vazirlik va idoralar vakillari chegara xavfsizligi, investitsiyalar, oʻzaro savdo, energetika, xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, taʼlim va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.
“Infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish, xususan, Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini oʻtkazish hamda Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻlini qurishga alohida eʼtibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar munosabatlarning koʻrib chiqilgan har bir yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik qilish yoʻllarini muhokama qildilar hamda ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal etish boʻyicha birinchi darajali vazifalarni belgilab oldilar.
Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Termizda oʻzbek-afgʻon muzokaralari boshlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala