Dunyoda

AQSH Gruziyaga uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi - Lloyd Ostin

General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Lloyd Ostin Gruziyaga tashrif buyurib, hukumatni mamlakat NATOga aʼzo boʻlishi uchun zarur oʻzgarishlarni amalga oshirishga chaqirdi
TOSHKENT, 18 okt - Sputnik. AQSH Gruziyaga u mudofaa sohasida oʻz imkoniyatlarini kengaytirib olishiga yordam bermoqchi.
Qoʻshma Shtatlar mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin shu maqsadda Gruziyaga yetib bordi va Amerika Gruziyaga uning Gʻarb bilan yaqinlashuvida koʻmaklashishga tayyorligini maʼlum qildi.
"Qoʻshma Shtatlar Gruziyaga uning mudofaa qudratini mustahkamlashga yordamlashishga va uning yevro-atlantik integrallashuvida koʻmaklashishiga tayyor, men bu yerdagi uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqdaman", - deb aytgan Ostin oʻz Twitter’ida.
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Rossiya
AQSH va NATO harbiy infratuzilmasini MOda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul – RF TIV
Ilgariroq Pentagon idora rahbari Ukraina, Gruziya va Ruminiyaga tashrifi davomida Qora dengiz xavfsizligi masalasini muhokama qilishi haqida bayonot bergan edi.
Shuningdek, Ostin ushbu tashriflar davomida NATO eshiklari Gruziya va Ukraina uchun ochiqligi haqida bayonot berishi kutilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi AQShning MDH chizigʻida qoʻshnilarga harbiy qudratni oshirishda yordam berishidan hamisha tashvish bildirib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala