Siyosat

Oʻzbekiston prezidentining oʻz belgisi va shtandarti boʻladi

© Press-slujba Minyusta RUzDeputatы prinyali zakon, kotorыm uchrejdayutsya simvolы prezidenta — znak i shtandart (flag).
Deputatы prinyali zakon, kotorыm uchrejdayutsya simvolы prezidenta — znak i shtandart (flag). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Deputatlar davlat rahbarining oʻz belgisi va shtandartini (bayrogʻi) joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasini deputatlarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi.
Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston prezidentining farqlovchi belgilari, yaʼni oʻz belgisi va shtandarti (bayrogʻi) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.
Xorijiy davlatlarda davlat rahbarining oʻz belgisi va shtandarti yangi saylangan prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. Oʻzbekiston qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan toʻldirish taklif etilmoqda.
Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi taʼkidlandi.
Hujjat Senatga yuborildi. Endi qonun yuqori palata tomonidan ham maʼqullanishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala