Pentagon rasmiylari O‘zbekistonda xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokara olib bordi

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va chegara xafsizligi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. AQSh Mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar va past darajadagi nizolar bo‘yicha yordamchisi Kristofer Mayer O‘zbekistonda chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi muhtor elchisi Daniyel Rozenblum o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
AQSh Gruziyaga uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi - Lloyd Ostin
"Mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiyaning tashrifi davomida so‘nggi kunlar ichida O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha samarali muzokaralarda qatnashganimdan va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilganimdan juda mamnunman", – deb yozib qoldirgan elchi Twitter’da.
Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vazirligi Pentagon vakillarini respublikaga tashrifi bo‘yicha rasmiy so‘rov olmaganliklari haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0