Dunyoda

"Tolibon"* Putin bayonotiga javob qaytardi

© AFP / JAVED TANVEERBoyeviki "Talibana"
Boyeviki Talibana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Toliblarning taʼkidiga koʻra, "ID"* terrorchilari Yaqin Sharqdan Afgʻonistonga oʻta olmaydi
TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati ishtirokchilari Rossiya prezidentining "ID"* terrorchilari Yaqin Sharqdan Afgʻonistonga kirib kelishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi.
Jangarilar vakili Bilol Karimiy bunday harakatlar roʻy berishi mumkin emasligiga ishora qildi.
"Yaqin Sharqdan Afgʻonistonga yetib kelish juda qiyin. "Islom davlati"* terrorchilari bu borada ilgarilab ketishlari amrimahol", - deb qayd etdi toliblar matbuot-kotibi oʻrinbosari.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Putin: terrorchilar Afgʻonistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin
U toliblar respublika hududida "ID"* faoliyati kengayishiga yoʻl qoʻymasligini yana bir bor taʼkidladi.
Putin ilgariroq MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi chogʻida Afgʻonistondagi murakkab vaziyatdan tashvishda ekanini bildirgandi. RF yetakchisi soʻzlariga koʻra, mamlakatda qator xalqaro terrorchilar uyushmalari faoliyat koʻrsatishda davom etmoqda.
Rossiya prezidenti "Islom davlati" jangarilari Iroq va Suriyadan Afgʻonistonga kela boshlaganini qayd etgandi.
Putinning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston shimolida "ID" jangarilari soni ikki mingga yaqin, ular bevosita ekspansiyadan oldinroq hatto Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlarda vaziyatni izdan chiqarishga urinishlari mumkin.
Terrorchilar yetakchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya regionlariga oʻz taʼsirlarini keng yoyish rejasida, degan edi Putin.
* - RF va boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchi uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala