Afg‘oniston qishni ocharchiliklarsiz o‘tkazadi – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistondagi barqarorlik yaqinlashayotgan ocharchilikka uchramasdan qishni qanday qilib o‘tkazishi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagandi. Seshanba kuni ocharchilik bo‘lmasligiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev afg‘on xalqi bu qishni xavfsiz o‘tkazishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi O‘zLiDeP axborot xizmati.
Bu haqda davlat rahbari Toshkentlik saylovchilar bilan prezidentlikka nomzod sifatida saylovoldi uchrashuvida ta’kidladi.
“Afg‘oniston muammosi hammamizni chuqur o‘ylashga sabab bo‘layapti. Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishini” – aytib o‘tdi Prezident.
Bu mavzuga pandemiyaning global iqtisodiyotiga ta’siri haqida gapirganda esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari hech qachon bunday kuchli sinovga duch kelinmagan, dunyoning eng baquvvat davlatlariga ham virus jiddiy ta’sir o‘tkazgan.
Pandemiya davrida ko‘plab mamlakatlar "egoist" bo‘lib ketdi, dedi Mirziyoyev.
Shu bilan birga, u bunday qiyin vaziyatda ularning harakatlarini to‘g‘ri tushunishini ham bildirdi. "Men ham birinchi navbatda mamlakatimiz tinchligi, xalqim farovonligi haqida o‘ylashim kerak", deb tushuntirdi u.
Avvalroq, Sh.Mirziyoyev yangi Afg‘oniston rahbarlari bilan muzokaralar olib borilayotganini, O‘zbekistonni yagona maqsadi – mamalakat uzra o‘q otilmasligi ekanligini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0