Video

Belarusdagi elchixona xodimi palov tayyorlash sirlari bilan oʻrtoqlashdi

Oʻzbekistonning Belarusdagi elchixonasi xodimi Qobul Alimov Sputnik jurnalistlariga haqiqiy mazali palov tayyorlash sirlarini oʻrgatdi.
Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda jami 100 dan ziyod palov turlari bor. Har bir hudud oʻzining tayyorlash usuliga ega va har bir palovning taʼmi oʻzgachadir.

“Bu shunchalik taom emas, bu anʼana, katta tadbirlarimiz palov bilan oʻtkaziladi. Hatto prezidentimiz (Shavkat Mirziyoyev – tahr.) 2019 yilda Belarusga kelganda, u oʻzi bilan ikki oshpazni olib kelgandi. Ular ikki mamlakat yetakchilariga palov tayyorlab berishgan. Bilishimcha, Aleksandr Grigoryevichga (Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko – tahr) maʼqul boʻlgan”, - deydi Alimov.

Elchixona xodimi tayyorlagan palov Sputnik Belarus videosida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala