Iqtisod

Kelgusi yilda taʼlim va tibbiyot sohalariga qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Kelgusi yil Davlat byudjetida taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi xarajatlarini oʻrtacha 20%ga oshirish rejalashtirilgan.
TOSHKENT 19 okt - Sputnik. Vazirlar Mahkamasida 2022 yil uchun Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri UzAga asosan.
Muhokamada aytilishiga koʻra 2022 yil davlat byudjetda ijtimoiy soha uchun ajratilgan mablagʻning salkam 45 % - taʼlim sohasiga yoʻnaltirilmoqda. Xususan:
maktabgacha taʼlim muassasalari uchun 8,7 trln. soʻm (+2,2 trln.)
xalq taʼlimiga 30,3 trln. soʻm (+6,5 trln.)
oʻrta maxsus va oliy taʼlimga 7,5 trln.soʻm (+3,1 trln. soʻm)
Shuningdek, kelgusi yilda sogʻliqni saqlash sohasiga 22,6 trln. soʻm (+3,3 trln.) ajratish rejalashtirilgan.
2022 yilda ijtimoiy nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar soni 2021 yildagi oʻrtacha 1 million 200 mingdan 1 million 440 minggacha oshib, jami oilalarning 16,5 foizi qamrab olinadi. Tuman va shaharlar byudjetlarining 5 foizi, yaʼni 1,4 trillion soʻm mablagʻ “Ochiq byudjet portali” orqali bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
2022 yilda ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar va pensiyalar miqdorini inflyatsiya miqdoridan yuqori surʼatlarda oshirish uchun byudjet loyihasida yetarli mablagʻlar koʻzda tutilgan. Undan tashqari byudjet taqchilligini YAIMga nisbatan 5,5%dan 3,0 %gacha kamaytirish vazifasi qoʻyilgan.
Majlisda qayd etilishiga koʻra, 2021 yilning 9 oyida Oʻzbekistonda YAIM oʻsishi 6,9 %ni tashkil qilgan. 2022 yilda esa ushbu koʻrsatgich 5,9 % boʻlishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala