Analitika

Dunyoda yarimoʻtkazgichlar inqirozi – hammasiga kim aybdor?

© Sputnik / Vladimir VyatkinPlata Polikom 741K-FC
Plata Polikom 741K-FC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Umumjahon mikrosxemalar inqirozining asl sababi nimada? Nega avtomobil sohasi bundan eng koʻp zarar koʻrdi va bizni kelajakda nima kutmoqda?
TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Pandemiyadan soʻnggi bir yil davomida “yarimoʻtkazgichlar inqirozi” yoki “mikrosxemalar inqirozi” haqida tez-tez xabarlar paydo boʻlmoqda.
Yaqinda UzAuto ham yarimoʻtkazgichlar yoʻqligi sababli “Cobalt” avtomobillarini oʻrindiq isitgichlari bilan jihozlashni toʻxtatganini hamda uzoq muddat davomida yarimoʻtkazgichlarni kutishga, va shu tufayli tayyor avtomobillarni omborxonalarda saqlashga majbur boʻlayotgani haqida xabar qilgan edi.

Jahon elektronika sohasining oʻziga xos tuzilishi

Gap shundaki dunyoda elektrotexnika sohasining tuzilishi oʻziga xos. Aksariyat yangi kashfiyotlar, yangi dasturlar Gʻarb davlatlarida yaratilsa-da, mikrosxemalarni ishlab chiqish Osiyo hududida joylashtirilgan. Dunyoda kompyuterdan tortib avtomobillargacha, umuman barcha sohalarda qoʻllanilayotgan mikrosxemalarning 80 %i Osiyo qitʼasida ishlab chiqariladi.
Xususan, dunyoning eng yirik ishlab chiqaruvchisi - Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) – dunyo mikrosxemalar bozorining 56%ga ega, Samsung Electronics – 17 %i. Undan tashqari Xitoyning UMC, SMIC va Power Semiconductor Manufacturing kabi yirik kompaniyalar ham jami 20% ni egallaydi.
Dunyoda barcha tanigan Intel, Broadcom, Qualcomm, Nvidia kabi kompaniyalar ham oʻzlarining mahsulotlarini Osiyo qitʼasida joylashgan korxonalarga buyurtma beradi. Chunki Osiyoda resurslar arzon, soliqlar, ekologik normalar past va ho kazo. Oqibatda Gʻarbdagi mikrosxema ishlab chiqaruvchi korxonalar texnologik jihatdan 20-30 yil orqaga qolib ketgan. Bugungi krizis sharoitida ularni yangi mikrosxema ishlab chiqarishga moslashtirish uchun kamida 3-5 yil kerak boʻladi, deyishmoqda ekspertlar.

AQSH - Xitoy savdo urushi

Maʼlumiki AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi iqtisodiy urush eʼlon qilgan va koʻplab taʼqiqilar sanktsiyalar kiritgan edi. Ana shu taʼqiqlardan eng taʼsirlilaridan biri – mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi SMIC va Huawei kompaniyalari yangi texnologiyalarni, ishlab chiqarish uskunalarini sotish, ularning mahsulotini sotib olishni mutlaq taʼqiqlab qoʻydi. Ustiga-ustak, Xitoydan olib kelinayotgan har qanday elektron tovarlarga qoʻshimcha 25% boj belgiladi. Buning oqibatida qator sohalarda – videokartadan boshlab avtomobillargacha mikrosxemalar yetishmay qoldi.

Pandemiya va mis narxi

Maʼlumki, pandemiya oqibatdia dunyoning barcha mamlkatlarida aksariyat korxona va muassasalalr bir yoki necha oy davomida masofdan turib ishlashga majbur boʻlishdi. Buning oqibatida butun dunyo boʻylab noutbuk, kompyuter, 5G modemlar va turli uy elektronikasi, oʻyin konsollariga boʻlgan ehtiyoj oʻrtacha 5-10 %ga oshdi. AQShda esa ushbu koʻrsatgich boʻyicha mutlaq rekord oʻrnatildi. Elektron gadjetlar savdo hajmi misli koʻrilmagan 442 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Ishlab chiqaruvchilar sanoat hajmini oshirishdan xursand boʻlishi kerak edi, lekin pandemiya vaqtida uzilib qolgan yetkazib berish zanjirlari, ayrim resurslar narxi oshishi bunga xalal berdi. Xususan, mis narxi pandemiyaning 2 yilida 2 baravar oshib ketdi. 2019 yil oktyabrida jahon birjalarida bir tonna mis 5700 dollar atrofida boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda bir tonna mis narxi 10200$ni tashkil qilmoqda va yana oʻsishda davom etmoqda. Ustiga-ustak dunyo omborxonalarida mis qoldigʻi eng past nuqtaga yetgan.

Texnologik zinapoya

Maʼlumki bugungi kunda mikrosxemalar ishlab chiqarish texnologiyasi juda tez rivojlanib, mikrosxemalar oʻlchami yildan yilga kichrayib bormoqda. Xususan 1990 yillarda kompyuter chiplari 32 Nm texnologiyada ishlab chiqarilgan boʻlsa bugungi kunda ular 3-5-7 Nm texnologiya asosida ishlab chiqarilmoqda. Bu degani, kichikroq chip kamroq energiya sarflaydi, kamroq qiziydi uning samaradorligi yuqori boʻladi. Yana 1 sm2 maydonga koʻproq yarimoʻtkazgich joylashtirib protsessor quvvatini yoki xotira hajmini oshirish mumkin.
2019-2020 yillarda bir necha mikrosxema ishlab chiqaruvchi korxonalar yangi texnologiyalarga oʻtish arafasida yoki jarayonida boʻlgan vaqti edi. Umumjahon pandemiyasi mikrochiplar sanoatining ana shunday “texnologik zinapoya” davriga toʻgʻri keldi. Bu esa investorlar uchun yana bir noaniqlik faktori boʻldi va sohaga kiritilayotgan sarmoyalar miqdori qisqarishiga olib keldi. Bu esa oʻz navbatida bu mikrochiplar bozori uchun yana bir ortiqcha zarba boʻldi.

Avtomobil sanoatiga zarba

Avtomobil sanoatida uzoq yillar davomida chiplar ishlab chiqarish texnologiyasi yangilanmasdan kelayotgan edi. Masalan, kompyuter yoki smartfonlarda 5-10 Nanometr texnologiyasi boʻyicha ishlab chiqilgan oʻta kichik hajmli chiplardan foydalanilsa-da, eng yangi avtomobillarda 28 Nmli mikrosxema va elektron komponentlardan foydalanib kelayotgandi. Chunki hech kim “shundoq ham yaxshi ishlayotgan” narsaga pul tikishni istamay turgandi.
Vaholanki soʻnggi yillarda avtomobillarga oʻrnatilayotgan koʻplab elektrn yordamchilar, ABS, ASR, EBD va ESP kabi qator xavfsizlik tizimlari, dvigatelniboshqarish bloki, klimat-kontrol va boshqa elektron jihozlar soni shunchalik koʻpayib ketdiki, ularning umumiy vazni 150-200 kgdan mikrokompyuterlar soni esa 100dan oshib ketdi. Bugungi kunda avtomobil narxining 40-45 % elektron komponentlarga toʻgʻri kelmoqda, vaholanki 1990 yillarda – 18 % boʻlgan.
Tesla kabi elektromobillar paydo boʻlishi, boshqa ishlab chiqaruvchilarni ham oʻz avtomobillariga eng zamonaviy elektron tizimlar bilan jihozlashga yana bir turtki boʻldi. Axir Teslada markaziy konsolda 15-17 dyumli ulkan rangli displey tursa, boshqa premium klass avtomobili ishlab chiqaruvchi shunchaki 7dyumli yoki monoxrom displey oʻrnata olmaydi-da...
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokontsernom General Motors v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Iqtisod
“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda
Xullas, 2019-2020 yillar dunyo avtomobil sanoatida ham ommaviy tartibda elektron tizimlarni jiddiy modernizatsiya qilish vaqtiga toʻgʻri keldi. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar eski elektron komponentlardan voz kechib, yangi elektronikaga oʻtish vaqti – aynan yarimoʻtkazgichlar inqiroziga toʻri keldi.
Bir tomondan pandemiya, ishlab chiqaruvilarning ertangi kunga ishonchi sust, ikkinchi tomondan yangi texnologik liniyalar qurish uchun ulkan sarmoyalar kiritish kerak, uchinchi tomondan ishlab chiqarish, yetkazib berish zanjirlari uzilgan va mis narxi oshayotgan vaqt zamonda har qanday ishlab chiqaruvchi yoki sarmoyador yangi mikrosxemalar ishlab chiqarish liniyalari uchun milliard-milliard pul tikishga shoshilmaydi. U vaziyat barqrorlashishiga, oʻzi tikkan mablagʻini ertaga qaytara olishiga ishon hosil qilishi kerak. Pandemiya va krizis vaqti esa - bu oson emas.
Ustiga-ustak Yaponiyada avtombillar uchun maxsus chiplar ishlab chiqaruvchi Renesas Electronics zavodida kuchli yongʻin oqibatida bir necha ishlab chiqarish liniyalari yoʻq boʻlib ketdi. Ushbu korxona jahon bozorining 17% ini yarimoʻtkazgichlar bilan taʼminlar edi. Ehitmol bu rostdan baxtsiz hodisa boʻlgan, ehtimol boshqa narsa, lekin komgadir juda qoʻl keldi, kimnidir milliard milliard foydadan mahrum qildi.
Avtomobil sanoatining yana bir xususiyati shunda-ki – aksariyat ishlab chiqaruvchilarda zahira omborxonalar yoʻq. Yaʼni barcha detallar aynan avtomobilni jamlash vaqtiga yigʻish liniyasiga yetkazib beriladi. Chegaralar yopilgan, logistika murakkablashgan krizis vaqtida esa, bir dona mikrosxema yetishmasa ham – butun boshli zavod toʻxtab qolishi mumkin.

AO UzAuto Motors obʼyavlyayet o starte prodaj chetыrex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Jamiyat
UzAuto Motors arzonroq Cobalt taklif qildi
Ana shu omillarning barchasi yigʻilib kelib avtomobil sanoatiga zarba berdi va oqibatda 2021 yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 61 mlrd $ga qisqarishi bashorat qilinmoqda. Xususan , GM, Ford, Volkswagen, Honda, Fiat Chrysler, Volvo, Nissan, Mitsubishi, Nio kompaniyalari bir necha zavodlarini yopishga va ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga qaror qilganini eʼlon qildi.
Undan tashqari AMD, Sony, Microsoft, Samsung kompaniyalari yangi smartfonlarning bir necha modellarini ishlab chiqarishni keyinga qoldirganini eʼlon qilishgan.

Kelajakda bizni nima kutmoqda?

Ushbu vaziyatdan gʻolib chiqadigan kompaniya va davlatlar ham bor. Xususan AQSH, mikrosxemalar krizisi natijasida, oʻzining yarimoʻtkazgichlar sohasida texnologik qoloqdan yetakchiga ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishi mumkin. Intel direktori kelajak 2 yilda ushbu sohaga 20 milliard dollar sarmoya kiritish eʼlon qildi. Ikiknchidan Jo Bayden ham AQShda mikrochiplar ishlab chiqarish uchun 37 milliard dollar sarmoya kiritish taklifini Kongress oldida himoya qilishini maʼlum qildi.
Yana bir gʻolib – Tayvanda joylashgan TSMC, bugungi kunda kompaniya jahon elektron komponentlar bozorining 56%ini egallagan monopolist. Ayni damda korxona yangi zavodlar qurmoqda va 2022 yilda jahon yarimoʻtkazgichlar bozorining 70 %ini egallashi bashorat qilmoqda. Ular hatto Yaponiyada zavod ochmoqchi. Bir Tayvanda radio ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan yaponiyaliklar bundan hayratda.
Apple – kompaniyasi 2022 yil uchun TSMC zavodining eng zamonaviyi 3 va 5 nanometrli mikrosxemalar ishlab chiqarish liniyasining 80% quvvatini allaqachon egallab olibdi. (buyurtma joylashtirgan). Apple u yerda oʻzining A va M seriya protsessorlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Toyota ham yaqin yarim yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni rejalashtirmayotganini maʼlum qildi. Chunki, kompaniya barcha kerakli mikrosxemalarning 4 oylik zahiralarini oldindan gʻamlab qoʻygan ekan. Ular bunday boʻlishini qayerdan bildi ekan-a?
Demak, kelgusi yilda insoniyatga Macbook, Iphone hamda Toyota avtomobillari yetkazib berishda muammo boʻlmaydi. Qolgan brendlar - hozircha nomaʼlum. Narxlar arzon boʻlishini esa - orzu qilmasa ham boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala