Hodisalar

Namanganlik ayol eri voz kechgach, ovsinining qizini kanalga choʻktirib yubordi

© Sputnik / Lev Ustinov / Fotobankka oʻtishIskusstvennoye ozero bliz goroda Ashxabada. 1967 god.
Iskusstvennoye ozero bliz goroda Ashxabada. 1967 god. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Qizaloq yaqin qarindoshi tomonidan maktabdan olib chiqib ketilib, oʻqishga qaytib kelmagach, uning bedarak yoʻqolgani haqida ichki ishlar idorasiga xabar berilgan
TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Namanganda eri voz kechgani uchun ovsinining qizini kanalga choʻktirib yuborgan ayolga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda mahalliy telekanallardan biri xabar berdi.
Ilgariroq joriy yil aprel oyida Namangan viloyatining Chortoq tumanidan oqib oʻtgan Katta Namangan kanalidan 5-sinf oʻquvchisining jasadi topilgani va qotillikda uning kelinoyisi gumonlanayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, 5 aprel kuni beshinchi sinf oʻquvchisi M.A. maktabda darsda vaqtida yaqin qarindoshi tomonidan olib ketilgan va u maktabga qaytib kelmagan. Shundan soʻng qizaloq bedarak yoʻqolgani haqida xabarlar tarqalgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Hodisalar
Toshkentda oʻgʻil oʻz onasini rashk tufayli oʻldirib qoʻydi
Maktab maʼmuriyati shu kuni soat 16:00 larda IIBga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, voyaga yetmagan fuqaroning yoʻqolgani shubhali tuyulgani sabab Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida qizchani maktabdan uning kelinoyisi olib ketgani maʼlum boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, F.Q. (kelinoyi) muqaddam oʻgʻrilik sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va turmush oʻrtogʻi u bilan yashamay qoʻygan. Sudlanuvchi turmush oʻrtogʻiga birga yashashni taklif qilib, rad javobini olgach, jiyani orqali erian oʻch olishga qaror qilgan va qizaloqni kanalning ovloq joyiga olib borib, suvga itarib yuborgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chust tumani sudida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilib, ayblanuvchi F.Q.ga nisbatan 16 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala