O‘zbek adabiy tilining paydo bo‘lishi haqida yangi ilmiy kitob chop etildi

© "Akademnashr"Novaya kniga o razvitii literaturnogo uzbekskogo yazika
Novaya kniga o razvitii literaturnogo uzbekskogo yazika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
"Akademnashr"da O‘zbek tilining fonetik va yozuv tizimi, yozma uslublari va lug‘ati tarkibida yuz bergan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan yangi ilmiy kitob chop etildi.
TOShKENT 19 okt - Sputnik. "Akademnashr" nashriyotida professor Qosimjon Sodiqovning "Eski o‘zbek yozma adabiy tili" kitobi chop etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kitob filologlar, turkiy tillar tarixi yo‘nalishida izlanish olib borayotgan yosh ilmiy xodimlar va talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tili tarixida kechgan uzoq va murakkab lingvistik jarayonlarni bir tizimda o‘rganib chiqishga, yuz bergan o‘zgarishlarni muayan izchillikda aks ettirishga xizmat qiladi.
Ilmiy ish o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishidan boshlab o‘rta asrlardagi tarixiy taraqqiyotigacha bo‘lgan bir necha yuz yillik davrni qamrab olgan bo‘lib, unda tilning fonetik va yozuv tizimi, grammatik qurilishi, yozma uslublar takomili masalasi, lug‘at tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar yozma yodgorlik materiallari asosida ko‘rib chiqilgan.
Muallif – filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqov, 1954-yili tug‘ilgan, Toshkent davlat universitetini tamomlagan. “Qutadg‘u biligning til xususiyatlari”, “Ajdodlarimiz bitigi”, “O‘zbek adabiy tili tarixidan”, “Qadimgi turkiy yozuvlar”, “Turkiy til tarixi”, “Muhokama­t ul­­-lug‘atayn”ni o‘qib o‘rganish”, “Yozuv tarixi va kitobat san’ati” kabi kitoblar muallifi.
Yangiliklar lentasi
0