Iqtisod

Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishda imtiyozlar beriladi

Myaso na prilavke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Deputatlar goʻsht narxini barqarorlashtirish uchun soliq imtiyozlar joriy etishni maʼqulladilar
TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi. Bu haqda qoʻyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Iqtisod
Yuk mashinalarini Oʻzbekistonga import qilishda imtiyoz beriladi
Qonun loyihasida goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan Oʻzbekistonga olib kirishda va realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) boʻyicha imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.
Deputatlarning fikricha, ushbu hujjatning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, narxlarning barqarorligini saqlashga xizmat qiladi. Qizgʻin muhokamalar va baxs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala