Jamiyat

Samarqandda Tibbiyot institutining hashamatli yangi binosi ochildi

© Press-slujba SamMIOtkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Institut yangi binosida bir vaqtning oʻzida 800ga yaqin talabalar nazariy va amaliy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishlari mumkin.
TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Kecha, 18 oktyabr Samarqand shahri kunida Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 oʻrinli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqida oliygoh matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Institut yangi binosi ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda institutning faxriy professor oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Serhasham yangi binoda 12 ta kafedra, 200 dan ortiq oʻquv xonalari, 15 ta laboratoriya xonalari mavjud. Barcha xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska, oxirgi rusumdagi laborator uskunalar va planshet monitorlar bilan jihozlangan.
"Biz joriy yildan boshlab yangi – besh kunlik oʻquv tizimiga oʻtdik. Yaʼni talabalarimiz besh kun dars jadvali boʻyicha oʻquv jarayonida qatnashishsa, oltinchi kuni mustaqil tayyorlanish kuni hisoblanadi. Professor-oʻqituvchilarimiz uchun esa metodologik kun, deb eʼlon qilindi.
© Press-slujba SamMIOtkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Yangi topshirilgan bino institut ehtiyojining bir qismini qoplaydi. Institutning aksariyat kafedralari Samarqand shahridagi tibbiy profilaktika muassasalarida joylashgan boʻlib, bu boʻlajak shifokorlarimizning bevosita amaliyot olib borishi uchun qulaylik yaratadi”, - deydi institut rektori, professor Jasur Rizayev.
© Press-slujba SamMIOtkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Institutda bir vaqtning oʻzida 800 nafar nazariy va amaliy taʼlim olishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot sifatida aytish mumkin-ki, ayni vaqtda Samarqand davlat tibbiyot institutida 600 dan ortiq xorij talabalari ham tahsil olmoqda.
Markaziy Osiyoning eng birinchi tibbiyot oliygohi - Samarqand davlat tibbiyot instituti oʻz tarixini 1930 yil 7 maydan boshlagan. Oʻsha vaqtda u Oʻzbek davlat tibbiyot instituti deb nomlangan. Oʻtgan davr mobaynida institut 40 mingdan ortiq oliy malakali mutaxassislar yetishtirib chiqargan.
© Press-slujba SamMIOtkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala