Dunyoda

Siyosatshunos Rossiya va NATO oʻrtasida tez orada urush boshlanishini bashorat qilmoqda

© Sputnik / Mixail Markiv / Fotobankka oʻtishFlag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Ekspert fikricha, Rossiya va NATO munosabatlari oldindan aytib boʻlmas oqibatlar bilan yakun topishi mumkin
TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya va NATO oʻrtasidagi diplomatik mojaro Birinchi jahon urushi oldidagi holatga oʻxshaydi. Bu haqda Rossiya xalqaro masalalar boʻyicha kengashi direktori Andrey Kortunov fikr bildirgan.
Sputnik Tojikiston xabari asosida.
Ekspert soʻzlariga koʻra, oldingi vaqtlarda koʻpchilik tez orada jangovar harakatlar boshlanib ketishini oldindan koʻra bilmagan.
"Yetti yil mojaro boʻlmagan, endi esa hech qachon boʻlmaydi ham. Koʻpchilik Birinchi jahon urushi oldidan xuddi shunday oʻylashgan", - deya taʼkidlagan Kortunov.
General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Dunyoda
AQSH Gruziyaga uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi - Lloyd Ostin
Ekspert RF va shimoliy atlantika alyansi qurolli kuchlari oʻrtasidagi ishchi aloqalar ahamiyatini qayd etib oʻtdi.
Kortunovning fikricha, Rossiya va NATO munosabatlaridagi mojaro oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rossiyaning Alyans qoshidagi vakolatxonasi ishining tugatilishi bilan - ikkala tomon harbiylari oʻrtasida muloqotlar tiklanishiga boʻlgan umid soʻndi. Ushbu holat har qanday inqirozda salbiy oqibat yuz berishi xatarini kuchaytiradi, deb taʼkidlamoqda ekspert.
Kortunovning aytishicha, RF va NATO oʻrtasida munosabatlar yomonlashuvi oktyabr oyida boshlangan. Bunga Alyansning rossiyalik diplomatlarni Bryusseldan chiqarib yuborish qarori sabab boʻlgan edi. Bunda Pentagonning Ukraina va Gruziya NATOga aʼzo boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti ham muhim rol oʻynadi.
Generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Rossiya
Rossiya Moskvadagi NATO vakolatxonasi faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi
Kortunovning soʻzlariga koʻra, NATO Rossiya obrazidan asosiy raqib sifatida foydalanishni xohlamoqda.
Ilgariroq, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat 1 noyabrdan Alyans qoshidagi oʻz vakolatxonasi faoliyatini vaqtincha toʻxtatayotgani haqida maʼlum qilgan edi. Shuningdek, Rossiya hukumati Moskvadagi NATO axborot byurosini ham yopishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala