Dunyoda

Tojikistondan Oʻzbekistonga avtobus qatnovi boshlandi: chipta narxi qancha

© SputnikPervыe passajirы reysovogo avtobusa iz Xudjanda v Tashkent
Pervыe passajirы reysovogo avtobusa iz Xudjanda v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Tojikistondan Oʻzbekistonga va aksincha qatnaydigan avtobuslarga chiptani qachon va qanday olish mumkin - tafsilotlar xabarimizda
TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Tojikistonning Xoʻjand shahri avtovokzalidan Oʻzbekistonga birinchi avtobus qatnovi amalga oshirildi. Bu haqda Sugdnews tashuvchi kompaniyasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Xoʻjanddan Toshkent shahriga tashuvlarni Tojikistonning Asian Express kompaniyasi amalga oshirmoqda. Birinchi reysga 50 nafar yoʻlovchi chipta xarid qilgan.
Avtobus Xoʻjandning 16-mikrorayonidagi avtobus saroyidan amalga oshirilmoqda. Avtobus Tojikistondan Toshkentdagi Sobir Rahimov nomli avtostantsiyaga 4-4,5 soatda keladi.
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Jamiyat
Oʻzbek-tojik doʻstligi ramzi: Rishtonda ochilgan bogʻchadan Sputnik reportaji
Kompaniya vakili Anvar Gʻiyosovning hikoya qilishicha, chiptalar avtobus yoʻlga chiqishidan bir kun oldin 100 somoni (taxminan 95 ming soʻm)dan sotilmoqda.
"Agar masalan, fuqarolar Toshkentga 21 oktyabrda bormoqchi boʻlishsa, u holda chiptani 20 oktyabrda olish kerak boʻladi. Agar yoʻlovchida koronavirusga qarshi vaktsina olgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlsa, u holda manfiy PZR-test natijalarini taqdim etish shart emas", - deydi suhbatdosh.
V Samarkande obsujdenы demarkatsionnыe rabotы na linii tadjiksko-uzbekskoy gosudarstvennoy granitsы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Siyosat
Samarqandda Oʻzbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Vaktsina olmagan yoʻlovchilar esa manfiy PZR-test natijasini oʻzi bilan olishlari kerak boʻladi, deya qoʻshimcha qiladi Giyasov.
Maʼlumot berilishicha, birinchi avtobus Xoʻjanddan mahalliy vaqt bilan 08:00da chiqib ketgan. Soat 11:00da yoʻlovchilar Tojikistonning "Fotexobod" chegara oʻtkazish punktidan hech qanday toʻsiqlarsiz oʻtishga muvaffaq boʻlishgan.
Eslatib oʻtamiz, Xoʻjanddan Toshkentga avtobuslar muntazam qatnaydi. Qish mavsumi kelgunga qadar Toshkentdan Xoʻjandga mahalliy vaqt bilan 18:00da chiqish mumkin boʻladi. Sovuq tushishi bilan avtobusning harakatlanish vaqti 16:00ga suriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala