Toshkent shahriga yangi imom-xatib tayinlandi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaImam Raxmatullo Sayfutdinov
Imam Raxmatullo Sayfutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Rahmatulloh Sayfuddinov zimmasiga Toshkent shahrining yangi bosh imom-xatibi vazifasini bajarish yuklatildi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahrining yangi bosh imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rahmatulloh Sayfuddinov faoliyati davomida Toshkent shahridagi "Xo‘ja Alambardor", "Minor" jome masjidi (2014-2015 yillar) imom-xatibi lavozimlarida ishlagan.
U 2016-yildan shu vaqtga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va "Mirza Yusuf" jome masjidi imom-xatibi vazifasini bajarayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘lgan Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0