Jamiyat

Chiqish kodi: Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyada test topshirish kerak?

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishQR-kod
QR-kod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Aksariyat MDH davlatlarida qoʻllanilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasiga yangi va qulay imkoniyatlar qoʻshilmoqda.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Bir necha oy oldin ishga tushirilgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasi MDH fuqarolari orasida juda ommalashib ketdi, deydi ushbu loyiha kuratori va YEOII Taraqqiyot banki raisi oʻrinbosari Tigran Sarkisyan.

“Bugungi kunda MDH davlatlarida dasturdan bir milliondan ortiq kishi foydalanmoqda. Oʻzbekiston fuqarolari esa uning yordamida allaqachon 198 ming marotaba PZR-test topshirishgan”, - dedi Sarkisyan.

Mobil ilovaning asosiy qulayligi shunda-ki, bir mamlakatda vaktsina olgan yoki PZR-test topshirgan fuqaroning natijasini boshqa mamlakat tekshiruv organi QR-kod orqali tekshirib koʻrishi mumkin. Bunda test natijasi va topshirilgan sanasi yoki fuqaro qanday vaktsina bilan emlangani va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
"Faqatgina sertifikatlangan laboratoriyalar "Puteshestvuyu bez COVID-19" tizimiga qoʻshilishi mumkin. Buning uchun ular mahalliy hokimiyat orqali tizimga murojaat qilishlari kerak", - deydi loyiha kuratori.
Sarkisyanni aytishicha, sertifikatlangan laboratoriyalar roʻyxatini mahalliy hukumatlar oʻz qonunchiligi asosida belgilaydi. Oʻzbekistonda sertifikatlangan laboratoriyalar soni kun sayin ortib bormoqda.
QR-kod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston YEOIIning "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturiga qoʻshildi
Bugungi kunda Toshkentda – 50dan ortiq, Samarqandda – 15dan ortiq, Buxoroda – 10dan ortiq, Fargʻona vodiysida – 30dan ortiq, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda 20dan ortiq, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 20dan ortiq laboratoriyalar roʻyxatdan oʻtgan.
Undan tashqari ayni damda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar maʼlumot bazasi shakllantirilmoqda. Har bir davlatning nazorat qiluvchi organlari uchun ushbu maʼlumot bazasi juda muhim, deydi Sarkisyan.
Hozircha ushbu mobil ilova faqat chegarani aviatransport bilan kesib oʻtayotgan fuqarolar uchun amal qilmoqda. Ayni damda undan avtomobil va temiryoʻl transporti bilan chegarani kesib oʻtgan fuqarolar uchun ham foydalanishni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Maʼlumot uchun, “Puteshestvuyu bez COVID-19” — YEOII Taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar fondi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi loyihadir. Uning vazifasi – pandemiya sharoitida fuqarolarning bir davlatdan ikkinchi davlatga xavfsiz va erkin harakatlanishini taʼminlashdir. Ushbu ilova kasallik tarqalish xavfini kamaytiradi va davlatlaroaro miqyosda ishonchli nazorat tizimini yoʻlga qoʻyadi.
Bugungi kunda Rossiyaga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kirib kelayotgan fuqarolar uchun ushbu dasturdan foydalanish majburiy deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu davlatlar chegarasini kesib oʻtishda 72 soatdan eski boʻlmagan PZR-test tahliliga ega boʻlishi shart deb belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala