Dunyoda

Facebook kelgusi haftada oʻz nomini oʻzgartiradi

© AP Photo / Joerg KochLogotip sotsialnoy seti "Facebook"
Logotip sotsialnoy seti Facebook - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Maʼlumotlarga koʻra, kompaniyaning yangi nomi qatʼiy sir ostida, hatto rahbariyatning hamma aʼzolari bu nom qandayligidan xabardor emas.
TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Facebook kompaniyasi kelgusi haftada oʻz nomini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Verge portali oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi RIA Novosti.
"Facebook kelasi haftada oʻz nomini oʻzgartiradi, bu nom uning "metakoinot" tuzilishi yoʻnalishini aks ettirmogʻi kerak", - deyiladi portal saytida.
Ijtimoiy tarmoq rahbari Mark Tsukerberg kompaniya nomi oʻzgartirilishini har yili oʻtkaziladigan Facebook Connect 28 oktyabr kuni har yili oʻtkaziladigan anjuman davomida muhokama qilishni rejalashtirmoqda, ammo oʻzgarishlar haqida sal oldinroq eʼlon qilinishi mumkin.
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2018
Facebook siyosati oʻzgaradi: Tsukerberg odamlar tarmoqda kamroq oʻtirishini xohlayapti
Portal maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaning yangi nomi qatʼiy sir ostida, hatto rahbariyatning hamma aʼzolari bu nom qandayligidan xabardor emas.
Facebook ijtimoiy tarmogʻi 2004 yilning fevralida 19 yashar amerikalik talaba Mark Tsukerberg tomonidan yaratilgan. Shtab-kvartirasi Menlo-Park (Kaliforniya)da joylashgan. Facebook kompaniyasiga shuningdek, Messenger, WhatsApp va Instagram ilovalari ham tegishlidir.
Tsukerberg eng boy amerikaliklar roʻyxatida uchinchi qatorni egallaydi, sentyabr oyi boshida uning boyligi 134,5 milliard dollarga baholangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala