Interpol firibgarlikda ayblangan ikki O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi

© Pexels / KindelNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda katta miqdorda o‘g‘rilik va firibgarlik sodir etib xorijiy davlatga qochib ketgan ikki nafar fuqaro Koreyada hibsga olindi.
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida katta miqdorda o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlari sodir etib xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar Koreyada qo‘lga olingan va endi ular qonun oldida javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasining 1991 va 1957-yillarda tug‘ilgan ikki fuqarosi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (Ko‘p miqdorda va takroran sodir etilgan o‘g‘irlik), 168-moddasi 2-qismi (katta miqdorda sodir etilgan firibgarlik)da ayblanmoqda.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish Seulda xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Iterpolning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 1700 nafar O‘zbekiston fuqarolari xalqaro qidiruvga berilgan. Ularning aksariyati terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0