Siyosat

Yevropa Oʻzbekistonning Afgʻonistonga koʻrsatgan gumanitar yordamini yuqori baholadi

© Press-slujba MIDUzbekistan peredal Afganistanu 1000 kislorodnыx ballonov.
Uzbekistan peredal Afganistanu 1000 kislorodnыx ballonov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlari Yevropa tomonidan yuqori baholandi.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov kuni kecha Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida boʻlib oʻtadigan tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Afgʻonistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlari Yevropa tomonidan yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala