Rossiya

Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday maʼlumotlar saqlanadi?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishInostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
ID-kartalar Rossiyada davlat xizmatlari va boshqa servislardan foydalanishni, shuningdek, xorijlik fuqaroning RF hududida boʻlishi qonuniy ekanini aniqlash jarayonini osonlashtiradi.
TOSHKENT 20 okt - Sputnik. Rossiya IIV migratsiya masalalari Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Kirill Adzinovning maʼlum qilishicha, xorijliklar uchun moʻljallangan yagona hujjatga fuqaroning shaxsiy maʼlumotlari saqlanadigan chip joylashtiriladi.
Migrantning ID-kartasiga, shuningdek, biometrik maʼlumotlar, xorijlik fuqaroning maqomi, vizasi va viza muddatlari haqidagi axborotlar ham kiritiladi.
Uborka pshenitsы na polyax, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilishmoqchi
Adzinovning soʻzlariga koʻra, vazirlik tomonidan migratsiya sohasiga oid taklif qilinayotgan qonun loyihasi Rossiyadagi xorijlik fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan yagona hujjat joriy etilishini nazarda tutadi.
“Mazkur hujjatga shaxsiy maʼlumotlar, shu jumladan biometrik maʼlumotlar, huquqiy maqom, berilgan viza va uning muddatlari va h.k.z. haqidagi maʼlumotlar saqlanadigan elektron tashuvchi (chip) oʻrnatiladi”, - dedi Adzinov tibbiy va salomatlik turizmiga bagʻishlangan xalqaro anjumandagi nutqida.
IIV Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi xodimining fikricha, bunday ID-kartalarning joriy etilishi Rossiyada davlat xizmatlari va boshqa servislardan foydalanishni, shuningdek, xorijlik fuqaroning RF hududida boʻlishi qonuniy ekanini aniqlash jarayonini osonlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala