Rossiya

Moskva metrosi oʻzbek tilini biladigan gʻaznachilarni izlamoqda

© Sputnik / Aleksey FilippovKassir
Kassir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Oʻzbek tilini biladigan gʻaznachilarga taklif qilinayotgan maosh 39 ming rubldan boshlanadi. Daʼvogar oʻrta maʼlumotli boʻlishi kerak.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Moskva metropoliteni oʻzbek yoki tojik tillarini biladigan gʻaznachilarni (kassir) ishga taklif qilmoqda. Tegishli eʼlon “HeadHunter” ish izlash saytiga joylashtirilgan.
Gʻaznachilarga taklif qilinayotgan maosh 39 ming rubldan boshlanadi. Daʼvogar oʻrta maʼlumotli boʻlishi kerak. Pul bilan ishlash tajribasi boʻlsa yanada yaxshi. Shuningdek, oʻzbek yoki tojik tilini bilish talab qilinadi.
Gʻaznachilarning vazifasiga chiptalar, transport kartalarini rasmiylashtirish va sotish kiradi. Qolaversa, yoʻlovchilarning tegishli savollariga javob berish kerak.
Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Rossiya
Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday maʼlumotlar saqlanadi?
Ish joyi Moska metrosining Butovskaya yoʻnalishidagi “Lesoparkovaya” bekatida boʻladi. Chunki aynan shu bekatdan migrantlar “Saxarovo” migratsiya markaziga borishadi.
Avvalroq Moskva metrosining “Lesoparkovaya” va "Prokshino" bekatlarida oʻzbek va tojik tillarida yoʻl koʻrsatkichlari paydo boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala