Moskvaga “Tolibon”* delegatsiyasi keldi

© AFP / ALEXANDER ZEMLIANICHENKODelegatsiya talibov (Zapreshennaya v Rossii terroristicheskaya organizatsiya) pribivayut v Prezident-otel v Moskve dlya uchastiya v peregovorax "Moskovskogo formata" po Afganistanu. 20-oktabrya 2021
Delegatsiya talibov (Zapreshennaya v Rossii terroristicheskaya organizatsiya)
pribivayut v Prezident-otel v Moskve dlya uchastiya v peregovorax Moskovskogo formata po Afganistanu. 20-oktabrya 2021
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Delegatsiyaga Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qilmoqda.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. “Tolibon”* harakati vakillari delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ular Afg‘onistonga oid Moskva shaklidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yig‘ilishda ishtirok etishadi.
Delegatsiyaga Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qilmoqda. Shuningdek, u bilan birga bir necha vazirlar, jumladan, TIV rahbari Amir Xon Muttaqiy kelgan.
Yig‘ilishda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat rivojlanishi istiqbollari va inklyuziv hukumat tuzishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatdagi gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun dunyo hamjamiyati sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga oid Moskvadagi yig‘ilishda ishtirok etishi xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0