Iqtisod

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi kamaydi

© SS0 / Unsplash / Jingming PanZolotыe slitki, illyustrativnoye foto
Zolotыe slitki, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari oktyabr oyida oʻtgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga kamaygan.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 oktyabr holatiga 34,41 mlrd dollarni tashkil etdi. Sentyabr oyi bilan taqqoslaganda bu koʻrsatkich 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaygan. Bundan Markaziy bank maʼlumotlari darak bermoqda.
Bunga qator omillar taʼsir oʻtkazgan boʻlishi mumkin. Birinchidan, zaxiralarning keskin kamayishiga jahon bozorida oltin narxi pasaygani sabab boʻlganini taxmin qilish mumkin. Chunki oʻtgan bir oy davomida oltin hajmi 12,1 million troya untsiyadan 12,3 million troya untsiyaga (taxminan 6,22 tonna) koʻpaygan boʻlsa-da, uning qiymati 21,87 milliard dollardan 21,34 milliard dollarga pasaygan.
Zolotыe slitki, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Iqtisod
Oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshdi - Markaziy bank
Ikkinchidan, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari qariyb 480 mln dollarga kamaygan.
Hozirda Oʻzbekistonda 21,345 mlrd dollarlik oltin zaxirasi bor — bu 12,3 million troy untsiyani tashkil etadi (taxminan 382,6 tonna, bu oʻtgan oyga qaraganda 6 tonnaga koʻp).
Qayd etilishicha, hozirgi zaxiralar 18 oydan ortiq muddatda importni moliyalashtirish uchun yetarli boʻladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 3 oylik darajadan ancha yuqori hisoblanadi.
Zaxiralar, boshqa narsalar qatorida, mamlakat uchun "xavfsizlik yostigʻi" hisoblanadi. Ular salbiy tashqi zarbalarga qarshi ishlatilishi uchun zarur va zaxiralarning yetarliligi bevosita ushbu zarbalarning tabiatiga ham bogʻliq.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi standartlari asosida yuritiladi. Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shakldagi monetar oltindan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala