Iqtisod

Oʻzbekistonda banan va tsitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi

Banan, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda banan va tsitrus mevalari arzonlashishi kutilmoqda.
Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:
bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan);
yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki gartsiniya;
yangi yoki quritilgan tsitrus mevalar;
yangi papayya;
yangi olma, nok va behi;
kivi.
Avvalroq goʻsht, tirik hayvonlar va ularni goʻshti, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekistonga olib kirish, ularni sotish boʻyicha aylanmalarni QQSdan ozod qilish taklif etilayotgani xabar qilingan edi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 35,6 ming tonna banan import qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 16,7 ming tonnaga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala