Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilishmoqchi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishUborka pshenitsы na polyax, arxivnoye foto
Uborka pshenitsы na polyax, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Migrantlarni jalb qilmoqchi boʻlgan kompaniyalar Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzishlari kerak boʻladi.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻzbekistonlik migrantlarni qishloq xoʻjaligidagi ishlarlarga jalb qilishni rejalashtirmoqda, deya yozadi “Kommersantʼ” gazetasi.
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligidagi ishchilar yetishmasligi muammosi yechimini topdi. Ishchilarni qurilish sohasi uchun ishlab chiqilgan pilot loyiha doirasida Oʻzbekistondan olib kelish rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Nashrga agrosanoat korxonalarining bunday sinovda ishtirok etishi ehtimoli haqida 19 oktyabr kuni Qishloq xoʻjaligi vaziriligida boʻlib oʻtgan yigʻilish qatnashchilari maʼlum qilishgan.
Qayd etilishicha, migrantlarni jalb qilmoqchi boʻlgan kompaniyalar Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzishlari kerak boʻladi. Keyin saralab olinadigan ishchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlanadi.
Rabochiye na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Migratsiya
Migrantlar uchun jozibador boʻlishni istasak, ularga munosib maosh toʻlashimiz kerak – Katirin
Xarajatlar ish beruvchilar tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, kompaniyalar ishchilarning yoʻl va patent xarajatlarini zimmasiga olishi kerak. Bir ishchini jalb qilish 45-50 ming rublga tushishi aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida oʻn ming fuqaroni yaqin a Oʻzbekistondan Rossiyadagi qurishilish ishlariga jalb qilishga kelishilgan edi. Ularni Oʻzbekiston hududida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari Oʻzbekistonga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala