O‘zbekistonlik qiz Italiyadagi musiqa festivalida g‘olib bo‘ldi

© IA "Dunyo"11-letnyaya Sofiya Singx Gill iz Uzbekistana zavoyevala pervoe mesto na detskom mejdunarodnom muzikalnom festivale Sanremo Junior v Italii
11-letnyaya Sofiya Singx Gill iz Uzbekistana zavoyevala pervoe mesto na detskom mejdunarodnom muzikalnom festivale Sanremo Junior v Italii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ishtirokchi shu kunga qadar qator xalqaro musobaqalarda qatnashgan. Hozir u Toshkent xalqaro maktabining 6-sinfida o‘qiydi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Italiyaning San-Remo shahrida o‘tkazilgan “Sanremo Junior” bolalar xalqaro musiqa festivalida 11 yoshli o‘zbekistonlik Sofiya Singx Gill birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA Italiyadagi elchixonasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Mazkur musiqiy tanlovda O‘zbekiston vakili ilk bor o‘z iste’dodini namoyon etdi. Sofiya hozir u Toshkent xalqaro maktabining 6-sinfida o‘qiydi. Ingliz va rus tillarida ravon so‘zlashadi, fransuz tilini o‘rganmoqda.
Tanlovning saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Sofiya finalda Italiya simfonik orkestri bilan birgalikda San-Remo sahnasida "Aerosmith" musiqiy guruhi tomonidan "Armagedon" filmi uchun bastalangan "I Don't Want To Miss A Thing" nomli saundrekni ingliz tilida ijro etgan.
“O‘zbekiston vakilining ijrosi tomoshabinlar va hay’at a’zolarida katta taassurot uyg‘otdi. Hakamlar hay’ati ijrochining vokal qobiliyati va qo‘shiqning mukammal ijrosi uchun unga yuqori baho qo‘ydi. Natijada Sofiya Singx Gill xalqaro musiqa tanlovida barchadan ko‘p ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi”, - deyilgan xabarda.
Tanlov yakunida O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov Sofiya Singx Gill, uning ustozi, xonanda Saidoyi va onasi Komila Abdullayeva bilan uchrashgan. Diplomatik missiya rahbari yosh ijrochi va ustozini ushbu katta g‘alaba bilan tabriklagan.
Ma’lumot uchun, "Sanremo Junior" YuNISEF va San-Remo ma’muriyati homiyligida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan mashhur xalqaro musiqa festivallaridan biri hisoblanadi. Tanlov ishtirokchilari mashhur "Ariston" teatri sahnasida o‘z mahoratini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shirin Abdullayeva - uchastnitsa proyekta Ti Super! ot Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Orzuim – O‘zbekiston shuhratini olamga yoyish: “Ti super!” ishtirokchisi Shirin Abdullayeva
Yangiliklar lentasi
0