Dunyoda

Putin va Bayden yil oxirigacha uchrashishi mumkin

© Sputnik / Mikhail Metzel  / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve na ville La Granj
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden  vo vremya vstrechi v Jeneve na ville La Granj - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Dmitriy Peskov yil oxiriga qadar Rossiya va AQSH yetakchilari uchrashishlari mumkinligini istisno qilmadi.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden tez orada uchrashishi mumkin. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“U yoki bu formatda uchrashuv boʻlib oʻtishi haqida ishonch bilan aytish mumkin”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U agar ikki davlat rahbarlari bu masalada kelishuvga erishsalar, bu haqda jurnalistlarni albatta xabardor etishini qoʻshimcha qilgan.
Peskovning qayd etishicha, RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nuland oʻrtasidagi uchrashuv chogʻida mazkur masala ham kun tartibidagi boshqa masalalar qatori muhokama etilgan. Prezidentning matbuot-kotibi, shuningdek, Vladimir Putin BMTning Atrof-muhit boʻyicha konferentsiyasiga bormasligini, lekin Rossiyaning ushbu anjumandagi ishtiroki koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Pomoщnik gossekretarya SSHA Viktoriya Nuland v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Kolumnistlar
Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda
Taʼkidlash jozki, Rossiya va AQSH yetakchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlar OAVlarida sentyabr oyi avvalida paydo boʻlgan edi. Manbalarning maʼlum qilishicha, Afgʻoniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat, qurol-yarogʻlar ustidan nazorat, kiberxavfsizlik, Ukraina hamda Yaqin Sharq masalalari istiqboldagi uchrashuvning asosiy mavzulari boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala