Rossiya NATOni quvdi, endi nima bo‘ladi – ekspert fikri

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Brussele
Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
NATOning Moskvadagi ofisi yopilishi hech qanday yo‘qotishlarga olib kelmaydi, Rossiya barcha muhim masalalar bo‘yicha alyans a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishib olishga o‘rgangan.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. NATOning Moskvadagi vakolatxonasi yopilishining oqibati nima bo‘ladi. Siyosatchi Dmitriy Abzalov Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.
NATOning Moskvadagi vakolatxonasi 1-noyabrdan o‘z faoliyatini yakunlaydi. Rossiya Tashqi ishlar vazir Sergey Lavrov aytishiga ko‘ra, ushbu choralar NATOda huzurida doimiy vakil sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Rossiyaning sakkiz nafar doimiy vakillari akkreditatsiyasi bekor qilinishiga qarshi qaratilgan.
Diplomatik vakillar hech qanday izohsiz akkreditatsiyalarni bekor qildi. Eng ajablanarlisi ushbu harakatlar "Rossiya-NATO" kengashi ishini faollashtirish to‘g‘risidagi bayonotilardan so‘ng e’lon qilindi.

"Albatta, oramizda urush bo‘lmaydi. NATO huzuridagi rossiyalik diplomatlarning asosiy vazifasi Rossiya va NATO davlatlarining turli masalalar bo‘yicha pozitsiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan edi. Demak kelajakda onlayn-formatda ishlashni o‘rganamiz", - deydi ekspert.

Ikkinchi tomondan, bu unchalik katta yo‘qotishlarga olib kelmaydi, chunki Rossiya aslida allaqachon barcha muhim masalalar bo‘yicha Shimoliy alyans a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar tuzishga o‘rgangan.
"Biz oldin NATO bilan qandaydir muhim umumiy kelishuvlarga erishish mumkin deb o‘ylar edik, lekin hozir ko‘rib turibmiz-ki – unday emas ekan. Barcha muhim masalalar bo‘yicha AQShning o‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishib olmoqdamiz", - deydi ekspert.
Flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Siyosatshunos Rossiya va NATO o‘rtasida tez orada urush boshlanishini bashorat qilmoqda
"Biz Suriya bo‘yicha AQSh bilan ana shunday kelishuvga erishdik, Afg‘oniston bo‘yicha ham kelishib olamiz, kerak bo‘lsa. Liviya borasida – Fransiyaning o‘zi bilan kelishib oldik. Bunday vaziyatda NATO qanday rol o‘ynashi – unchalik tushunarli emas. Shunchaki ko‘proq burokratiyaga o‘xshab qolmoqda", - davom ettiradi ekspert.
Umuman NATO so‘nggi yillarda hech qanday mojaroni hal qila olgani yo‘q. Afg‘oniston kampaniyasi nima bilan tugaganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Hozir NATO hatto Yevropa markazida qayta alanga olayotgan Yugoslaviya mojarosidan ham o‘zini olib qochmoqda.
Ukrainani NATOga qo‘shib olish – bu hali juda mavhum masala. Rossiya bu borada o‘z pozitsiyasini allaqachon aniq belgilagan. Biz uchun asosiysi Ukraina hududida NATO a’zolarining harbiy bazasi qurilmasa bo‘ldi. Umuman AQSh va Yevropa davlatlari rahbarlari chiqishlariga ko‘ra, ular Ukrainani hali beri NATOga qabul qilishni rejalashtirgan emas. Shuning uchun Rossiyaga bu tomondan xavf yo‘q, lekin Ukraina harbiy flotining Qora dengizda AQSh yordamida kuchayishi – Moskvani xursand qilmayotgani aniq. Bu - hududda beqarorlikka olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0