Rossiya

Toliblar hukumat sifatida barcha standartlarga toʻla mosligini eʼlon qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishTretye zasedaniye moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu
Tretye zasedaniye moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Toliblar Afgʻonistondagi vaziyat boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solmasligi uchun olgan majburiyatlariga sobit ekanliklarini ham taʼkidlab oʻtganlar.
TOSHKENT , 20 okt - Sputnik. "Tolibon"* harakatining fikricha, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan Afgʻonistonning qonuniy hukumati sifatida tan olinish uchun barcha zarur shartlarni bajargan.
Bu haqda Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy bayonot berdi. Muttakiy toliblar delegatsiyasi tarkibida "moskva formati"dagi majlisda ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib kelgan.
"Nega ular bizni rasman tan olmasligi kerak? Biz Afgʻonistonning butun hududini nazorat qilamiz va barcha shartlarni bajardik, qolaversa, hukumat sifatida barcha standartlarga mos kelamiz", - degan Muttakiy jurnalistlarga.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Afgʻonistonga oid yigʻilishda ishtirok etadi
Toliblar Afgʻonistondagi vaziyat boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solmasligi uchun olgan majburiyatlariga sobit ekanliklarini ham taʼkidlab oʻtganlar.
"Soʻnggi 45 yil ichida birinchi marta Afgʻoniston tahdidlardan himoyalangan. Biz Afgʻoniston hududidan boshqa mamlakatlar xavfsizligiga chang solish uchun foydalanishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha olgan majburiyatlarimizga sobitmiz", - degan Muttakiy.
Afgʻoniston TIV rahbari v.b. soʻzlariga koʻra, toliblar oʻz amaliy harakatlari bilan mamlakat hududi uchinchi mamlakatlarga qarshi ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmasligini isbotlaganlar.
* "Tolibon" - Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala