Jamiyat

Toshkent metrosi uchun yana 19ta toʻrt vagonli poyezdlar olib kelinadi

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari".V stolichnoy podzemke zapuщenы v ekspluatatsiyu novыe poyezda
V stolichnoy podzemke zapuщenы v ekspluatatsiyu novыe poyezda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Toshkent metrosi uchun yana 19 ta toʻrt vagonli poyezdlar olib kelinadi va 2022 yil oxiriga qadar jami poyezdlar soni 80taga yetkaziladi.
TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Kelgusi yil oxirga qadar Toshkent metropoliteni uchun yana 19ta toʻrt vagonli yangi poyezdlar olib kelinadi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining 16 oktyabrda qabul qilingan qarorida aytib oʻtilgan.
Hujjatga koʻra, 2021 yil oxirga qadar 5 ta, 2022 yilda 14 ta toʻrt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi. Buni natijasida metro poyezdlari jami soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining oʻrtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Toshkent metropolitenida mavjud 59 ta metro poyezdlarini 44 tasi 21-40 yil mobaynida foydalanib kelinmoqda.

Yangi qarorda, shuningdek, metro poyezdlari qatnov intervalini qasqartirish vazifasi ham qoʻyilgan. Unga koʻra, Chilonzor yoʻnalishi poyezdlari har 3 daqiqada, Oʻzbekiston yoʻli poyezdlari har 4 daqiqada qatnay boshlaydi.

Buning natijasida, yoʻlovchilarni manzilga yetkazish vaqti yer usti transportiga nisbatan 2-3 baravar tezlashadi, yoʻlovchi tashish hajmi 2 martaga ortadi va kunlik yoʻlovchilar soni 480-500 mingga yetadi, deyilgan qarorda.
Qarorda shuningdek, Toshkent metropolitenining 2022-2030 yillarda tizimli rivojlantirish mexanizmi ham aytib oʻtilgan. Buning uchun turli soha mutaxasislaridan iborat 3ta ishchi guruh tashkil etish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala