Toshkent shahridagi saylovchilar soni maʼlum boʻldi

© AFPVыborы v Uzbekistane
Vыborы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Toshkentda oʻqiyotgan talabalar oʻzlariga yaqin boʻlgan saylov uchastkasida, imkoniyati cheklanganlarga uyda ovoz berishlariga sharoit berildi
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Prezident sayloviga sanoqli kunlar qolayotgan bir vaqtda 20 oktyabr kuni Toshkent shahri miqyosida saylovlarga munosib tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda saylovchilarni avtomatlashtirilgan ruyxatida, jami Toshkent shahri boʻyicha 1 million 645 ming 607 nafar fuqaro kiritilgan. Saylov uchastkalarining soni esa 822 tani tashkil etmoqda. Ulardan 79 tasi kasalxonalar va harbiy qismlariga toʻgʻri keladi.
Izbiratelnыe uchastki Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Jamiyat
Prezident saylovlari: muddatidan oldin ovoz berishga start berildi – video
Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki ham inobatga olingan, talabalar turar joylarida, qolaversa, ijarada turuvchi 85 ming nafar talaba oʻzlarining yashash joyidan uzoqda boʻlmagan saylov uchastkalarida ovoz berishlari mumkin.
Shuningdek, 5 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan insonlar oʻz uylarida ovoz berishlari taʼminlanadi.
Taʼkidlanishicha, saylov uchastkasi va kuni haqida fuqarolarni xabardor qilish uchun har bir saylovchiga alohida taklifnomalar yuborilgan.
Oʻtgan vaqt davomida, saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlishiga imkoniyati boʻlmagan 23 mingdan ziyodroq saylovchilar muddatidan oldin ovoz bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala