Zorin: Moskva metrosiga o‘zbek tilini biladigan ishchilar asqotadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBiletnaya kassa na stansii "Mnevniki" Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metropolitena.
Biletnaya kassa na stansii Mnevniki Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Moskva metrosiga o‘zbek yoki tojik tilini biladiganlarga ish taklif qilinayotgani xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Moskva metrosi “Lesoparkovaya” bekatiga o‘zbek yoki tojik tilini biladigan g‘aznachini izlayotgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvni keltirib chiqardi. U yerdan “Saxarovo” migratsiya markaziga avtobuslar qatnaydi.
Bo‘sh ish o‘rni haqidagi e’lon 19-oktabr kuni e’lon qilingandi. Asosiy talablardan biri sifatida ko‘rsatilgandi: “til bilish – o‘zbekcha yoki tojikcha”. Aynan shu mezon sabab e’lon internetda tanqidga uchradi. Ayrim foydalanuvchilar va OAVlar buni kamsitish deb atashdi. Ularning fikricha, til talablari rus da’vogarlarini cho‘chitadi.
Kassir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Moskva metrosi o‘zbek tilini biladigan g‘aznachilarni izlamoqda
Rossiya Jamoatchilik palatasining millatlararo va dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish komissiyasi rahbari Vladimir Zorin bu holat yuzasidan Sputnik uchun intervyu berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqelikda e’lon umuman na entik ruslar, na Rossiya fuqarolarini kamsitadi.
“Bu metropoliten tomonidan qabul qilingan mantiqli qaror”, - deydi Zorin va o‘zbek yoki tojik tilini biluvchi g‘aznachilarni ma’lum bekatga ishga olish uchun izlashayotganini eslatdi. – U migratsiya markaziga yo‘l olayotgan xorijliklarda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy til qiyinchiliklarini hal qiladi. "Lesoparkovaya" bekatida ko‘plab O‘zbekiston va Tojikiston vakillarini ko‘rish mumkin”.
Zorinning ta’kidlashicha, Rossiya hudidida yashab ishlayotgan chet elliklarning rus tilini bilishlari, shubhasiz, muhim. U Rossiya hukumati hozirda sobiq ittifoq mamlakatlari bilan bu vazifani hamkorlikda hal qilayotganiga e’tibor qaratdi. Masalan, migrantlar uchun til kurslari tashkil etilmoqda.
Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2021
Migrantlar uchun jozibador bo‘lishni istasak, ularga munosib maosh to‘lashimiz kerak – Katirin
“Lekin o‘qitish jarayoni ketayotan bir paytda, bu to‘g‘ri tashabbus – o‘zbek yoki tojik tilini biladigan xodimni topish, yoki g‘aznachilarga xorijlik yo‘lovchilar bilan muloqot qilishda ko‘maklashuvchi tarjimonni yollash”, - deydi Vladimir Zorin.
Shuningdek, u e’lon matniga e’tibor berishni maslahat berdi - unda metropoliten aynan o‘zbek yoki tojikni izlayotgani yozilmagan, demak, e’londa kamsitish mavjud emas.
“O‘zbek yoki tojik tilini O‘zbekiston yoki Tojikistonda yashagan va ishlagan har qanday moskvalik, jumladan, rus bilishi mumkin, - deydi Zorin. Bunday kishilar ko‘p. Masalan, Tataristonda 2010-yilgi aholini ro‘yxatga olishda 30 mingga yaqin ruslar tatar tilini bilishlarini aytishgan. Ular tatar tili kerak bo‘lgan lavozimga da’vogarlik qilishlari mumkin. Shunday ekan ruslarga nisbatan hech qanday kamsitishni ko‘rmayapman. Xuddi shunday ertaga Moskvaning sayyohlik markazidagi metroda xitoy tilini biladigan g‘aznachi kerak bo‘lib qoladi”.
Vladimir Zorinning fikricha, turli tillarni biladigan xodimlar mehnat bozori uchun xavf tug‘irdirmaydi.
“Boshqa tillarni bilish rus bilini bilishni bekor qilmaydi, - deya xulosa qildi u. – Bitta bekat uchun maksimum uch kishini topishadi – agar ular smena bilan ishlashsa”.
Yangiliklar lentasi
0