Hodisalar

Barmoq izlari tufayli 9 yil oldin sodir etilgan vahshiyona qotillik fosh etildi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti
V Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Toʻqqiz yil avval qashqadaryolik erkak uyidan shaxsiy avtomashinada chiqib ketgan va bedarak yoʻqolgan.
TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Toʻqqiz yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Aniqlanishicha, toʻqqiz yil avval, 2012 yilda qashqadaryolik T.Gʻ. oʻziga tegishli avtomashinada uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan.
Erkak boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahridagi koʻp qavatli uylarning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti
V Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
V Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti
Bedarak yoʻqolgan erkakning avtomashinasi koʻzdan kechirilganda avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.
Severnыy Tashkentskiy kanal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Namanganda kanaldan maktab oʻquvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni boʻlishi mumkin
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida oʻta oʻgʻir jinoyat fosh etildi.
Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yoʻqolgan erkakni qasddan oʻldirib, uning jasadini Chiroqchi tumani "Shoʻrbozor" mahallasi hududida joylashgan zahiradagi dala maydonida koʻmib, avtomashinasini esa Samarqand shahriga tashlab ketishgan.
M.O., T.A. va D.S.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik koʻrsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, koʻrsatmalarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan toʻliq oʻz isbotini topgan.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb eʼlon qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala