Iqtisod

Endilikda “suyunchi puli” plastik kartaga ham oʻtkazib beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Bu uchun ota yoki onaning xohishiga asosan faol bank plastik kartasi maxsus belgi orqali tanlanadi.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimida farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlovini (“suyunchi puli”) ota-onadan birining bank plastik kartasiga ixtiyoriylik asosida oʻtkazib berish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda FHDYO boʻlimining masʼul xodimi ota yoki onaning xohishiga asosan faol bank plastik kartasini maxsus belgi orqali tanlaydi va bir martalik toʻlovni unga yoʻnaltiradi.
“Xalq banki” “suyunchi pulini” qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartasiga oʻtkazib beradi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga asosan farzand tugʻilganda beriladigan “suyunchi puli” naqd pul bilan berilayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala