Dunyoda

Meksikada jinoyatchilar bolalarni video- oʻyinlar orqali yollashga oʻtdi

Geymer - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Meksikada jinoyatchilar oʻsmirlarni yollash va oʻgʻirlash uchun video-oʻyinlardan foydalanishga oʻtdi
TOSHKENT, 20 oktyabr -Sputnik. Meksikada jinoyatchilar oʻsmirlar bilan ijtimoiy tarmoqlar va video oʻyinlar orqali bir necha platformalarda muloqot oʻrnatib olgan, bundan maqsad esa ularni oʻz tashkilotlariga yollashdir, deb bayonot qildi Meksika jamoat xavfsizligi vaziri oʻrinbosari Rikardo Mexia.
"Bu PlayStation, Xbox, Nintendo Switch konsollari orqali amalga oshiriladi. Anonim subʼyektlar Internet tarmogʻi orqali muloqot qilishi mumkin boʻlgan oʻyinlar bor, ular shu tarzda aloqa oʻrnatadi. Ishontirish va yollash jarayoni TikTok yoki Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda davom ettiriladi", – deya taʼkidladi Mexia hukumatning YouTube kanalida namoyish etilgan matbuot-konferentsiya davomida.
Apple iPhone 6 i iPhone 6 plus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2020
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar va smartfondagi oʻyinlar odam xulq-atvoriga qanday taʼsir qiladi?
Rasmiylar soʻzlariga koʻra, jinoiy tashkilotlarning yollovchilari oʻzlarini yosh futbolchi yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi qilib koʻrsatadi. Odatda aloqa ish vaqtida, oʻsmir ota-onasi ishda boʻlgan paytda oʻrnatiladi - boshlanishiga ular oʻsmirlarni qurol-yarogʻ va zoʻravonlik koʻp boʻlgan shafqatsiz, adrenalinga boy oʻyinlariga taklif qiladi. Amaldor quyidagi oʻyinlarini misol sifatida keltirdi: Grand Theft Auto, Call of Duty va Gears of War.
Mexia Oaxakadagi 11-14 yoshli uch nafar bola bilan bogʻliq voqeani misol qilib keltirdi.
Avgust oyida jinoyatchilar ulardan biri bilan FreeFire oʻyini interfeysi orqali bogʻlangan va uning mobil telefon raqamini bilib olgan. Keyingi muloqot chogʻida unga "qirgʻiy" faolityatini, yaʼni politsiya chastotalarini tinglashni taklif qilgan va oyiga 16 ming peso (taxminan 800 dollar) pul mukofoti berilishini aytgan. Bola rozi boʻlgan va ikki nafar doʻstini ham taklif qilgan. Natijada, bolalarni qoʻshni Santa Lusiya del Kamino shahriga aldov yoʻli bilan olib ketishgan va u yerda bolalar ozod qilingunga qadar ikki oy davomida asirlikda boʻlishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala