Rossiya

Moskvada 28 oktyabrdan – 7 noyabrga qadar dam olish kunlari deb eʼlon qilindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiye v Moskve
Rabochiye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Dam olish kunlarida moskvaliklar hayoti qanday tashkil etiladi - Sputnik xabarida
TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Koronavirus infektsiyasi tarqalishi tufayli Moskvada 28 oktyabrdan 7 noyabrga qadar dam olish kunlari deb eʼlon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, dam olish kunlari vaqtida ommaviy fizkultura, sport, madaniy, koʻrgazma, reklama, tomosha va boshqa shunga oid tadbirlarni oʻtkazish man etiladi.
▪️ doʻkonlar yopiladi va boshqa shu singari, jumladan, xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat, sport, madaniyat, dam olish va koʻngilochar tashkilotlar faoliyati toʻxtatiladi
▪️ faqatgina dorixonalar, oziq-ovqat doʻkonlari va onlayn-savdo faoliyat olib boradi
▪️ rektoranlar va kafelar yopiladi, ularda yetkazib berish (dostavka) xizmatigina ishlaydi. Mehmonxonalardagi oshxonalar va restoranlar faqatgina oʻz xodimlari va yashovchilari uchun ishlaydi
Inostranets vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Migratsiya
Moskva politsiyasi migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi
▪️ teatr va muzeylarga kirish faqat QR-kod orqali amaga oshiriladi. Bunda teatr va muzeylar keluvchilar soni odatdagidan 50 foiz kam boʻlishini taʼminlash kerak.
▪️ "Moi dokumentы" markazlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatiladi, ammo onlayn-davlat xizmatlari toʻliq koʻlamda koʻrsatilishi davom etadi.
▪️ maktablarda va bolalar bogʻchalarida taʼtil boʻladi, sport maktablari, toʻgaraklar va sektsiyalar ishi vaqtincha toʻxtatiladi, uyda qarovchisi qolmaydigan maktab oʻquvchilari uchun navbatchi guruhlar tashkil etiladi
▪️ oliy taʼlim muassasalari va kollejlar mashgʻulotlarni faqatgina masofaviy rejimda oʻtkazadi
▪️ tibbiyot tashkilotlari rejali yordamni koʻrsatishda davom etadi, tez tibbiy yordam oʻz faoliyatini toʻliq hajmda olib boradi
▪️ ommaviy tadbirlar, bir-ikkita istisnolardan tashqari, taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala