Jamiyat

Norboyeva qonunlarga madaniy meroslarni saqlashga oid oʻzgartirish kiritishni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Senat raisi madaniy meros obʼyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmlarini yaratish davlatning vazifasi ekanini taʼkidladi.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tegishli qonunlarga madaniy meroslarni saqlashga oid oʻzgartirishlar kiritish masalasini koʻrib chiqish zarurligini maʼlum qildi.
Norboyevaning soʻzlariga koʻra, madaniy meros obʼyektlarining kadastr hujjatlarini shakllantirish va ularning milliy roʻyxatini qayta koʻrib chiqish zarur. Ayrim yoʻq boʻlib ketgan madaniy meros obʼyektlari hamon muhofazaga olingan obʼyektlar milliy roʻyxatida saqlanib turibdi. Nomi boru, oʻzi yoʻq.
Senat raisi madaniy merosning targʻib qilinishi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga muhtoj deb hisoblaydi.
“Aks holda uzoq yillar davomida tarixdan shakllangan milliy madaniyatimiz, oʻzligimiz yoddan chiqishi, unutilishi ham mumkin. Kerak boʻlsa, tegishli qonunlarga madaniy meroslarni saqlashga oid oʻzgartirishlar kiritish masalasini ham koʻrib chiqish zarur. Madaniy meros obʼyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmlarini yaratish davlatning vazifasidir”, - dedi Norboyeva.
Obrusheniye Kosh Medrese v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Madaniyat
Buxoroda 16 asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala