Siyosat

Oʻzbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining aʼzosiga aylandi

© Sputnik / Zorin A. / Fotobankka oʻtishEto odin iz samыx krupnыx i spokoynыx usatыx kitov
Eto odin iz samыx krupnыx i spokoynыx usatыx kitov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Oʻzbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining 92-chi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa birinchi aʼzosi boʻldi.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Oʻzbekiston rasman Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (XTMI)ning 92 aʼzosiga aylandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Gland (Shveytsariya) shahrida joylashgan Bosh qarorgohiga tashrif buyurgan. Ularni Ittifoqning rivojlanish guruhi global direktori Enrike Lamann kutib olgan.
Mazkur uchrashuvda Oʻzbekistonning qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar va biologik xilma-xillikni saqlash sohasiga qaratilgan saʼy-harakatlari, ilmiy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ittifoq aʼzoligiga kirishiga boʻlgan intilishlari alohida eʼtirof etilgan.
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Hodisalar
Navoiyda minglab baliqlar nobud boʻldi - aybdorlar aniqlanmadi
Qayd etilishicha, uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil tiklanish va iqlim harakatlari sohasida olib borilayotgan izchil ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtgan.
Tashrif davomida Oʻzbekistonning XTMIga aʼzolik maqomini tan olish marosimi oʻtkazildi. Shunday qilib, Oʻzbekiston Ittifoq safiga qoʻshilgan 92-chi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi davlat boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, Ittifoq 1948 yilda YUNESKO tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, unga 120 ta davlat tashkilotlari va shu kunga qadar 91 mamlakat aʼzo boʻlgan. Ittifoq oʻz faoliyatida tabiat himoyasi sohasida strategiya va tamoyillarini ishlab chiquvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Bundan tashari, Qizil kitobni nashr etish va biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha aniq dastrurlarni tayyorlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala