Sport

Rio-2016 sovrindori Diyorbek Oʻrozboyev doping sabab 3 yilga sportdan chetlatildi

© Natsionalnыy olimpiyskiy komitetDzyudoist Diyerbek Urozboyev s bronzovoy medalyu Olimpiadы v Rio
Dzyudoist Diyerbek Urozboyev s bronzovoy medalyu Olimpiadы v Rio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosida taqiqlangan modda “Meldonium” aniqlangan.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari sovrindori va Osiyo oʻyinlari gʻolibi Diyorbek Oʻrozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan.
Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va Oʻzbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida koʻrsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan, yaʼni “Meldonium” taqiqlangan moddasi isteʼmol qilinganligi aniqlangan.
Boksyor Bektemir Melikuziyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Sport
Bokschi Bektemir Meliqoʻziyev toʻrt yilga sportdan chetlatildi
Natijada Diyorbek Oʻrozboyev 3 yil muddatga sportdan chetlatilgan. Chetlatish 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.
Dzyudochi xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan.
Avvalroq 2021 yilning 9 oyida oʻzbekistonlik sportchilardan 7 nafarida doping aniqlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala