Sport

Serbiyadagi Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini qaysi bokschilar himoya qiladi?

© Olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser Shaxobiddin Zoirov
Bokser Shaxobiddin Zoirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Belgrad shahridagi boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida Jahon chempionatiga 13 bokschi jalb qilingan.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Oʻzbekiston boks federatsiyasi Serbiyadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoa aʼzolari roʻyxatini rasman maʼlum qildi.
25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Belgrad shahrida boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkaziladi.
Musobaqada Oʻzbekiston sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg. Abdumalik Xalakov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-71 kg. Shahram Gʻiyosov
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-80 kg. Odiljon Aslonov
-86 kg. Shohjahon Abdullayev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov
Terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Rahmatjon Roʻzioxunov esa katta murabbiyi.
Avvalroq professional bokschilar Shahram Gʻiyosov va Hasanboy Doʻsmatov JChga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala