"Tolibon* hukumati qachon tan olinadi?" - Zamir Kabulov uch tilda javob berdi

Obuna bo‘lish
"Tolibon hukumati qachon tan olinadi?", degan savolga Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili, "Ular oldiga qo‘yilgan talablarning katta qismi bajarilganidan so‘ng", deb javob berdi.
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov jurnalistlar savollariga javob berdi. Sputnik Afghanistan xabariga asosan.
"Tolibon hukumati qachon tan olinadi?", degan savolga Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili rus, dariy va ingliz tillarida javob berdi.

"Bu, albatta, bir kun amalga oshadi. Ushbu masala afg‘on delegatsiyasiga ham batafsil tushuntirildi. Qachon-ki ular xalqaro hamjamiyatning inklyuziv hukumat va inson huquqlari borasidagi kutilmalarining katta qismini amalga oshirishni boshlasa", - dedi Kabulov.

Dastlab rus tilida berilgan savolni keyin, ehtimol rus tilini bilmaydigan jurnalistlar yana dariy va ingliz tillarida qaytadan so‘rashdi. Zamir Kabulov ularning savollariga o‘z tillarida javob qaytardi.
Rossiya prezidenti maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon"* hukumati imkon qadar tezroq etno-siyosiy xilma-xilligini ta’minlashi kerak. Ya’ni yangi hukumatda nafaqat "Tolibon"* nuqtayi-nazarini qo‘llab-quvvatlaydigan kuchlar, balki barcha etnik-siyosiy kuchlar ham o‘z ovoziga ega bo‘lmoqlari kerak.
Undan tashqari, "Moskva formati" a’zolari BMTdan Afg‘onistonni qayta tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish uchun Xalqaro donorlik anjumani chaqirishni so‘rashdi. "Bu borada Nyu Yorkdan javob kutamiz", - dedi Kabulov.
Eslatib o‘tamiz, "Moskva formati"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 10ta mamlakat vakillari ishtirok etdi. Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron va barcha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari. AQSh muzokaralarda ishtirok etmadi.
Spetsialniy predstavitel prezidenta RF po Afganistanu, direktor vtorogo departamenta Azii MID RF Zamir Kabulov - Sputnik O‘zbekiston
Zamir Kabulov

Zamir Nabiyevich Kabulov 1954-yilning 2-iyunida O‘zbekistonda tug‘ilgan. 1977-yilda MGIMOni tugatib, dastlab SSSR keyin Rossiyaning Erondagi, Afg‘onistondagi, Pokistondagi eslchixonalarida ishlagan. 2010-yildan boshlab Rossiya TIVining Ikkinchi Osiyo Departamenti direktori, 2011-yildan buyon Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili. "Aleksandr Nevskiy", "Hurmat", "Shaxsiy qahramonligi uchun" va "Do‘stlik" ordenlari bilan mukofotlangan.

KengaytirishYig‘ishtirish
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0