Jamiyat

Toshkent-Qoʻngʻirot yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYujnыy vokzal Tashkenta posle rekonstruktsii
Yujnыy vokzal Tashkenta posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdi Samarqand, Buxoro shaharlarida toʻxtab oʻtadi.
TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Toshkent-Qoʻngʻirot yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
"Yoʻlovchilarning talablarini inobatga olib, 2021 yil 22,26, 29 oktyabr kunlari “Toshkent-Qoʻngʻirot” yoʻnalishida 484 -sonli qoʻshimcha yoʻlovchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi", - deyiladi "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" matbuot-xizmati xabarida.
Mejdunarodnaya ekspeditsiya potentsial i tsennost istoriko-kulturnыx obʼyektov Karakalpakstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Kolumnistlar
Qoraqalpogʻiston sahrolari “yashil inqilob” ostonasida turibdi
Toshkent markaziy (Janubiy) temir yoʻl vokzalidan harakatlanadigan mazkur yoʻlovchi poyezdi faqat Samarqand, Buxoro shaharlarida toʻxtab oʻtadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Ilgariroq Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan 20 oktyabrdan 20 noyabrga qadar “Qarshi-Samarqand-Qarshi” yoʻnalishida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala