Dunyoda

Aktyor Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ayol-operatorni otib qoʻydi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishAkter Alek Bolduin
Akter Alek Bolduin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Mashhur gollivud aktyori Alek Bolduin tomonidan toʻpponchadan uzilgan oʻq ayol-operator hayotiga nuqta qoʻydi.
TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Amerikalik aktyor Alek Bolduin "Rjavchina" ("Zang") vesternini suratga olish jarayonida ayol-operatorni toʻpponchadan otib qoʻydi.
Hodisa Nyu-Meksiko shtatida roʻy bergan. Bolduinning toʻpponchadan oʻq uzishi natijasida film operatori Galina Xatchins hayotiga nuqta qoʻyildi. Shuningdek, film rejisseri Joel Souz ham jarohat olgani aytilmoqda.
OAVda berilgan maʼlumotlarga koʻra, qurolda aslida paxtovon oʻq boʻlishi kerak edi. Biroq aktyorlar oʻt ochishi vaqtida toʻpponcha allaqanday tarzda haqiqiy jangovar oʻqlar bilan oʻqlangan boʻlib chiqdi.
Xatolik qanday tarzda roʻy bergani - nomaʼlum. Ayol-operator hodisa yuz bergan vaqtda darhol vertoletda shifoxonaga olib borilgan, ammo uning hayotini asrab qolish imkoni boʻlmagan.
Alek Bolduin 63 yoshda. U tomoshabinlarga "Perl Xarbor", "Moy angel-xranitel", "Aviator", "Na grani", "Privыchka jenitsya", "Tok-radio", "Prostыe slojnosti", "Studiya 30" singari filmlar orqali tanish.
Aktyor "Oltin globus" va "Emmi" mukofotlari laureati sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala