Jamiyat

Ayrim mahalla qoʻmitasi xodimlarining maoshi 35%ga oshiriladi – yangi qonun

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Xonadonlar soni mingdan ortiq boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari maoshi 35%ga oshiriladi.
TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Birinchi noyabrdan boshlab, xoʻjakliklar soni 1000dan ortiq boʻlgan mahalla qoʻmitalari xodimlari maoshi 35%ga oshiriladi.
Bu haqida "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmonida aytib oʻtilgan.
Farmonga koʻra, 2021 yil 1 noyabrdan boshlab soha xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va uni moliyalashtirish, ularga buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha quyidagi muhim oʻzgarishlar amalga oshiriladi:
hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35%ga oshiriladi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini koʻrsatish vazifasini tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga oʻtkaziladi;
tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Farmonda aytilishiga koʻra, bugungi kunda oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamiyatimizdagi koʻplab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, hayotimiz uchun zarur boʻlgan barcha jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Shu sababli ham ushbu soha xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash – davr talabi, deyilgan farmonda.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda 9255ta mahalla fuqarolar yigʻinlari mavjud boʻlib ulardan 1500 dan ortigʻida mingdan ortiq xonadonlar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala