Jamiyat

Ekspertlar Huawei konferentsiyasida raqamlashtirishdagi trendlarni muhokama qilishadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLogotip kompanii Huawei
Logotip kompanii Huawei - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Kompaniya vakillari “Yagona raqamlashtirilgan kelajak uyushmasini” rivojlanish strategiyasi bilan tanishtirishmoqchi
TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Huawei kompaniyasi 26-27 oktyabr kunlari har yilgi “Raqamli birlashma 2021” (HuaweiDigitalCommunityConference2021, HDCC) konferentsiyasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga kompaniya vakillari xabar berdi.
“Konferentsiya – bu mijozlarga raqamlashtirishdagi oʻzgarishlar borasida yordam beruvchi, qolaversa, AKT-ekosistemasini rivojlanishida tajribalar almashinuvi maydonidir.
Odin iz ofisov AO Kazaxtelekom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Dunyoda
"Kazaxtelekom" Huawei koʻmagida birinchi maxsus FWA tarmogʻini ishga tushirdi
“Tomoshabinlar jonli ravishda HDCC 2021 forumlarini va yalpi majlisdagi chiqishlarini tomosha qilib, oʻzlarini raqamlashtirish boʻyicha AKT ekspertlari va ishtirokchilariga oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, muhokama qilishlari mumkin boʻladi”, – deyilgan xabarda.
"HDCC 2021-da ishtirok etish - bu dunyoda ham, Rossiyani oʻzida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari bilan tanishish, shuningdek, raqamli energetika, bulutli texnologiyalar va mobil ekotizimidagi soʻnggi yangiliklar bilan tanishish uchun yana bir imkoniyatdir.
“AKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan biz birgalikda raqamli biznes modellarini turli sohalarda qoʻllashning amaliy holatlarini oʻrganamiz va raqamlashgan asrda, biznesni rivojlantirishning eng yangi yechimlarini muhokama qilamiz", – dedi Huawei’ning Yevroosiyodagi prezidenti Deniyel Chjou.
Tadbirda AKT sanoatining turli jihatlarini muhokama qilish uchun oltita tematik forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Forumning birinchi kunida, "Kengaytirish ishlari koʻrib chiqiladi: Rossiya AKT- sanoatining dasturiy va apparat taʼminotidagi lokalizatsiya qilishdagi muvaffaqiyati muhokama qilinadi.
Konferentsiyaning ikkinchi kunini “Yevrosiyoning raqamli energetikasi” sammiti ochib beradi. U yerda Huawei vakillari birinchi marta kompaniyaning Yevroosiyadagi raqamli energiya strategiyasi bilan ulashib, maʼlumotlarni qayta ishlash infrastrukturasidagi “yashil” innovatsiyalarni tayyorlashadi.
Bundan tashqari, elektr energiya sohasidagi yangi generatsiya texnologiyasi - SmartPV’ taqdim etiladi.
“Yevroosiyodagi AKT-servislari” hamkorlik forumida Huawei va uning sotuvchilariga sifatli ulanishni taʼminlaydigan tarmoqlarni yaratish uchun qanday hamkorlik qilishlari mumkinligi muhokama qilinadi.
Huawei Developer Day doirasida ekspertlar Huawei mobil ekotizimini yaratish natijalari, AppGallery ilovasining yutuqlari haqida gapirishadi, shuningdek, HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi va yangi EMUI foydalanuvchi interfeysi bilan tanishadilar.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun virtual koʻrgazmaga yoʻl ochiladi. U yerda Huawey va uning hamkorlarining muvaffaqiyatlari bilan tanishish imkoni paydo boʻladi, kompaniyaning mahsulotlari va raqamlashtirish sanoatidagi ishlari bilan tanishib chiqib, jonli muloqot qilishga sharoit tugʻiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala