Sport

Maxmud Murodov MDHning yosh jangchilarini Toshkentda toʻpladi - video

“Asosiysi musobaqa vaqtida hech kim jarohat olmasa boʻldi” - Maxmud Murodov musobaqaning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. UFCda birinchi oʻzbekistonlik jangchi boʻlgan Maxmud Murodov promouterlik faoliyatini boshladi. Muradov Professional Leaguening ilk musobaqasi 22 oktyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi.
Musobaqalar “Yunusobod” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Aynan oʻsha yerda kecha, 21 oktyabr kuni sportchilarning vazn tortish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Ertaga bizning birinchi musobaqamiz boʻlib oʻtadi. Umid qilamizki bu oxirgisi boʻlmaydi. Kurashchilarga yordam beramiz, bizni qoʻllab-quvvatlaydigan assotsiatsiyamiz bor. Oldin bunday emasdi, hozir katta imkoniyatlarimiz bor. Prezident bunga katta hissa qoʻshdilar, shuni aniq aytishim mumkin-ki, bunday sharoitlar Yevropada ham Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham yoʻq”, - dedi sportchi Sputnik muxbiriga.
Shundan soʻng aralash yakkakurash ustasi musobaqaning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi va “asosiysi musobaqa vaqtida hech kim jarohat olmasa boʻldi” dedi. Shuningdek Murodov turnirning tashkiliy masalalari ham bekamu-koʻst oʻtishiga umid bildirdi.
Vazn tortish jarayoni qanday oʻtganini Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala